Qiz juda chiroyli edi. Boshqa qizlardan farqli ravishda hayotga özgacha nigoh ila qarardi. 19 yoshli sohibjamol qizni tabiiy ravishda sevuvchilar edi. Lekin uni atrofdagi yigitlar umuman qiziqtirmas, qanaqadir özgacha bir sevgini kutardi. Yuragining tub- tubidan uning kelishini ham his etib turardi. Bir kuni darsga kelganida, partasining ustida turgan qip- qizil atirgulni kördi. Gul bandigabiriktirilgan qog'ozchaga atiga ikki jumla yozilgandi:"Hayotgözal..."Negadir qizning lablarida tabassum uyg'ondi... Keyingi kunlarda yana bir-ikki bor bu holat takrorlandi. Qip- qizil atirgul va doimgi bir xil dastxat. Qiz bu gullarning sohibi kim ekanligiga judayam qiziqardi... Kunlarning birida qiz uyqudan uyg'onib, derazadan köchaga qaradi va birdan özgacha hayajonlanib ketdi. Röparadagi dökonchaning oppoq devoriga har xil böyoqlarda katta qilib yurak shakli chizilgan, uning ichiga qiz ismining bosh harfi yozilgandi. Eng ajoyibi esa, surat tagiga ösha sirli dastxat qöyilgandi: "Hayot gözal..."Qiz endi doim ösha sirli yigit haqida öylardi. Uning özini kuzatib yurganligini ham yaxshi bilardi. Odamlar orasidan uning qiyofasini axtarardi. Avvallari doim öychan yuradigan qiz endi kulib, jilmayib yurar, bu tabassumi uni yanada jozibador körsatardi. Qiz öziga yuborilayotgan har bir gulni qöliga olib zavqlanar, chindan unga hayot judayam gözal körinardi. Bahor tonglarining birida velosipedda sayrga chiqqan qiz musaffo havo va xiyobondagi yashil gözallikdan zavqlanardi. Lekin velosiped g'ildiraklarini harakatlantiruvchi zanjir örnidan chiqib ketib, qiz töxtashga majbur böldi. U zanjirni joyiga örnatishga urinardi-yu buni hech eplolmasdi. - Balki yordamim kerakdir? Qiz yoniga kelib töxtagan velosipedli yigitga qaradi. - Yöq, özim... - Mana bunday qilish kerak, - yigit qizning velosipedi zanjirini örniga qöydi, - Ana böldi. - Rahmat! Qiz yigitga e'tibor bilan qaradi. Yigit böy- basti kelishgan, körkamgina yigit "Ayniqsa kulishi öziga juda yarasharkan",- öylardi qiz. - Arzimaydi. Yigit öz velosipediga ötirib, qanaqadir yoqimli kuyni xushtak qilib chalganicha qizdan uzoqlashdi. Qiz esa uning ortidan bir zum termulib qoldi... Qizga atirgullar kela boshlaganiga bir oydan oshgandi. Lekin, qiz haligacha ösha sirli yigitning kimligini bilolmasdi. Shunday kunlarning birida qiz u- bu ishlar bilan ushlanib, judayam kechga qolib ketdi. Aksiga olib havoning avzoyi buzuq, kuchli momaqaldiroq bölayotgandi. Qiz taksi ushlash maqsadida kollej yonidagi bekatga kelganida allaqachon öta shiddatli yomg'ir boshlangandi. Uyi yaqin-u bunaqa paytda yolg'iz ketishga ham qörqib turgandi. Kamiga bekatda hech kim yöq, osmonni qoplagan qop- qora bulutlar atrofni yanada qorong'u körsatardi. Hammasidan momaqaldiroqning vahimali ovozi qizni chöchitardi. Shu mahalda unga tanish, yoqimli ovoz eshitildi: - Balki yordamim kerakdir? Bu ösha tongdagi velosipedli yigit edi. Qiz juda sevindi. Bu ösha yigitni yana körganligi uchunmi yoki boshqa sababdanmi özi ham bilmasdi. Lekin yigitga dilidagini aytmadi: - Yöq, özim ... Yigit ham jilmaydi: - Yomg'ir hali- beri tinmaydi. - Nima, meni mashinangizda uyimgacha kuzatib qöymoqchimisiz? - Menda yaxshiroq fikr bor. Yigit shoshib qayergadir yugurib ketdiyu, zumda qaytib keldi: - Xösh, qalay? Qiz yigitning qölidagi oq va pushti rangli soyabonlarni körib jilmaydi. - Bahor oylarida yomg'ir mahali piyoda yurish zavqli,- dedi yigit. Ular yonma-yon ketib borisharkan, qiz öziga yuborilayotgan gullarning sohibi shu yigit ekanligini öylay boshladi. Buni tekshirib körish uchun yigitga savol berdi: - Siz yölingizda uchragan har bir qizga shunaqa yordam qilasizmi? - Har biriga emas ... hammasiga. Ular kulishdi. Qiz uyi tomon ketishayotganda ikki tomonga ketgan köchaning yigit qaysi tarafga burilishiga juda qiziqayotgandi. Muyulishda yigit qizning uyi taraf burilgach, qiz sevindi."Bu ösha yigit", - öylardi - Menimcha uyingiz shu tarafda bölsa kerak. Chunki narigi tarafda shifoxona va boshqa binolar, atiga bir-ikki xovli bor. Adashmasam tög'ri ketyapmiz,- qizning fikrini öqigandek javob berdi yigit. - Ha, yaqin qoldi, - xunob böldi qiz, - aytingchi, hayotni qanday ta'riflaysiz? - Menimcha bunaqa sharoit va vaqt uchun noörin savol,- kuldi yigit. Ular qizning uyiga yaqinlashishgandi. - Buyog'iga özim ketaman, sizga katta rahmat. - Soyabon sizda qola qolsin, menga oq ranglisi köproq yoqadi."Ey Xudo, - hayolidan ötkazardi qiz, - mening pushti rangni yoqtirishimni ham bilarkan!"- Mayli xayr, - yigit ortga ön qadamlar tashlagach qiz uni töxtatdi: - Hey! Yigit ögirilib qaradi. - Savolimga javob bermadingiz. Yigit ösha yoqimli tabassumida jilmaydi va baland ovozda baqirdi: - Hayot gözal! Qizning yuragi juda- juda tez va baland urardi. Qiz ayni damda baland musiqa eshitayotgandek öz yuragining dukurini eshitib turardi. U hayajonlanganidan yomg'irni ham ilg'amasdi. U tanish yoqimli musiqani xushtak qilib chalib ketayotgan yigitning ortidan qarab qoldi... Ertasi kundan boshlab qizga negadir gul kelmay qöydi. Qiz endi juda ham öychan bölib qoldi. U yigit haqida kun-u tun öylardi. Xuddi hozir balki yordamim kerakdir, deb paydo böladigandek tuyulardi. Lekin yigitdan ham atirgullardan ham darak bölmasdi. Shu bir- necha kun ichida qiz özi bilmagan holda yig'lab ham yuborardi. Ha, qiz sevib qolgandi. Lekin buni hali özi bilmasdi. Nihoyat bir kuni ösha kutilgan ovozni eshitdi: - Salom! - Salom, - javob berdi qiz. - Biroz aylanib kelmaymizmi? - Bahor oylarida yomg'irsiz havoda piyoda yurish ham zavqlimi? - Albatta. Ular birinchi marta körishishgan xiyobonni sayr qilishdi. Qiziq mavzularda suhbatlashishdi. Nihoyat yigit qizga bir dona qip-qizil atirgul tutdi. Qiz gulni oldiyu uning bandiga köz yugurtirdi. Qog'ozcha yöq edi. Savol nazdida yigitga qaradi. Yigit har doimgidek kulib turardi. - Mana u, - yigit qöllarini yozdi. Uning kaftiga böyoq bilan ösha dastxat yozilgandi:"Hayot gözal..." Keyingi kunlar xuddi shirin tush kabi tez ötardi. Qiz yigit sevgi izhor qilganidan keyin özi ham uni sevishini anglab yetdi. Chindan ular u-n hayot judayam chiroyli va zavqli körinardi. Qiz qachonlardir kutgan hayoliy röyo haqiqatga aylanganidan baxtiyor edi. Juda ham chiroyli muhabbat edi bu... Yigit rassom edi. Qizga juda chiroyli tabiat manzaralarini körsatardi. Qiz xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek baxt va sevgidan sarmast yashardi. Yigit qizga portret sovg'a qildi. Qiz öz suratiga qaradi. Judayam nafis va chiroyli chizilgandi. - Nega meni bulutlar orasida turibman? Söradi qiz. - Chunki sen mening farishtamsan,- javob berdi yigit. Har bir kuni gözal edi bu sevgining... Lekin öshanda qiz hali özini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Kuz kelgach, bir kuni ular odatiy uchrashadigan xiyobonga yigit kelmadi. Qiz ancha vaqt kutdi, xavotir oldi. Ertasiga yigit bilan körishganida yigitning nimadandir xafaligini payqadi. Yigit odatdagidek jilmayardi, lekin bu tabassum ortida juda ham özgacha mahzunlik sezilardi. - Nima böldi? - Hech narsa. Kecha unutibman, kechir azizam. Shuncha vaqtdan beri atiga yarim daqiqaga kechikmagan yigitning uchrashishlarini unutib qöyishi mumkinligiga qiz ishonmasdi. Lekin ösha kuni u hech narsa demadi. Keyingi kunlarda ular yana odatdagidek vaqtlarini xushchaqchaqlik bilan ötkazishardi. Lekin qiz negadir yigitning közlariga boqqanida yashirin bir ma'noni sezardi. Yigitning doimgi tabassumi bu sirni qiz bilib olishiga imkon bermasdi. Yigit qiz bilan köproq vaqt birga bölishga urinardi. Soatlab yonma-yon ötirardilar... Bir kuni qiz yana uzoq vaqt xiyobonda yigitni kutib qoldi. Yigitdan xabar bölavermagach ketmoqchi böldi. Lekin shu vaqtda uzoqdan yigit körindi. - Salom, - dedi yaqin kelgach. - Nega bunaqa yuryapsiz, oyog'ingiz og'riyaptimi? - Ha, jin ursin, velosipeddan yiqildim. Ular odatdagidek örindiqqa ötirgan köyi, quyosh botishini tomosha qildilar... Ösha ondayoq qizning yuragi nimadandir öta g'ash edi. Balki, ösha kuni qizning yuragi yigit bilan shunday sönggi bor yonma- yon ötirganliklarini sezgandir... Ertasiga qiz yigitning shifoxonada ekanligini eshitganida, karaxt bölib qoldi. Ming xavotir ila tezda yetib keldi. Uni yigitning yoniga qöyishmadi. Bilsa, yigit juda og'ir kasal ekan. Kechagi kun tongda kasali xuruj qilgan va kasalxonaga keltirishgan ekan. - Unga yurish mumkin emasligini aytgandik. Lekin u kechroq kasalxonadan qochib ketibdi. Mana oqibati. U oyoqlarini his qilmaydi. Shol... Qiz titrab ketdi. Közlariga quyilib kelayotgan köz yoshlarini töxtata olmasdi. Xamshiraning sönggi gaplari öta dahshatli ovoz bölib, qizning quloqlari ostida jaranglardi: U oyoqlarini his qilmaydi... Shol... Yigit uyg'ongach qiz uning yoniga kirdi. Yigitning ahvolini körib, battar siqildi. U yig'lardi, yigit közlarini shiftga tikkancha gap boshladi: - Bilasanmi, seni birinchi marta körganimda maktabda 7- sinf eding. Öshanda pushti lenta taqvolganding... Yigit biroz tin olgach davom etdi: - Biram chiroylisanki... Sen bilan juda shirin hayot kechiraman deb öylagandim... Buni qara, baribir peshonaga yozgani bölarkan... - Bas qiling! Qiz köz yoshlariga erk berdi. Juda ham ezilib yig'lardi. - Yig'lama. Beri kel, muhim bir gap aytaman. Qiz yigit aytgandek qildi. Yigit qizning yuzini silagancha shunday dedi: - Qachon hayotda nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlaringni mana bunday qilib sidirib tashla, - yigit barmoqlari bilan qizning közlaridagi yoshni artdi,- Chunki hayot gözal... Qiz shu kuni tongga qadar yig'ladi. Ösha tunda u yigitni qanchalar sevishini tushundi. "Men baribir umrbod u bilan qolaman",- qaror qildi qiz. Ertasiga shifoxonaga kelgan qiz yigitni topolmadi. Unga yigitni tongda Germaniyaga olib ketishganligini aytishdi. Qiz holsiz devorga suyanib qoldi. Uning boshida million xil hayollar aylanardi. Nega? Öylardi u. Shu mahalda unga bir xamshira qip- qizil atirgul keltirib berdi. Qiz yigit bergan sönggi gul bandidagi qog'ozchani titragan qöllari bilan arang ochdi. Unda shunday yozilgandi:"Bilasanmi, doktorlar mening tirik qolishimga deyarli umid yöq deyishdi. Insult xavfi kundan- kun oshib borarkan. Sen meni baribir tashlab ketmasding. Men esa sening judayam baxtli bölishingni istayman... Men juda uzoqqa ketyapman. Bilasan- a, seni judayam sevaman. Agar sen ham meni zarracha sevsang, ötinaman, men uchun ham baxtli hayot kechir. Sira ham yig'lama. Yig'laganingda meni yuragim og'riyotgan böladi. Kelishdikmi? Men uchun esa baribir hayot gözal. Ehtimol, ertaga uyqudan uyg'onmasman, lekin hayotim juda gözal. Chunki unda sen borsan..."Qiz maktubni quchganicha juda uzoq yig'ladi... Qiz ikki yil yigitning xotirasi bilan yashadi. Keyin yigit aytganidek yashashga harakat qildi. Bir yigitga turmushga chiqdi. Ammo uning hayollari tubida hamon eski xotiralar hukmronlik qilardi. Har lahzada uni yod qilib yashardi. Ög'illik bölganida, unga yigitning ismini qöydi... Taqdir qizga hali ancha sinovlarni tayyorlab qöygan ekan. Farzandi tug'ilgach köp ötmasdan, eri avtohalokat tufayli dunyodan köz yumdi. Qiz tag'in köz yoshlari tubiga g'arq böldi. 4 yil vaqt ötib ketdi. Endi qizning hayotdagi bori ög'li va xotiralari edi. O'g'lini bog'chaga kuzatib qo'ygach, qiz bir vaqtlar yigit bilan uchrashuv joyi bo'lgan xiyobonga keldi. Uzoq ötirdi."Hayot gözal"deb, kulib turadigan yigitning qiyofasini köz oldiga keltirdi. Oradan shuncha 8 yil ötgan bölsada, uning muhabbati bir qatra bölsin, kamaymagandi... Uyga kelgach, yuragi sog'inchdan boshqacha urayotganligini his qildi va özi"shirin xotiralar" deb ataydigan qutini ochdi. Özining portreti, ösha pushti zontik, dastxatlar... Hamma- hammasini bir- bir körib chiqdi. Uyga kirib kelgan ög'il oyisining yig'layotganini kördi. U sekin oyisining yoniga keldi. - Oyi, qachon hayotda nimadandir siqilsangiz, kimnidir sog'insangiz, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashlang... Qiz köz yoshlarini artayotgan ög'liga hayrat bilan tikilib qoldi. - Buni kim... kim aytdi? - Bir amaki oyingni sira ham yig'latma dedilar, rasm chizishni ham örgatdilar. Qizning yuragi qachonlardir yigit yomg'irli kechada"Hayot gözal" deganidagi kabi zarbli urardi. "Nahotki u tirik bölsa?"Qiz tonggacha mijja qoqmadi. Allohdan umidlari puch bölib chiqmasligini söradi. Ertasi kun bog'chaga borib, rasm murabbiyini söradi. Uni bir xonaga kuzatib qöyishdi. Xonaga kirgan qiz burchakda turgan yangi chizilgan suratni tanidi. Qachonlardir tongda uyg'onganida dökoncha devoriga chizilgan yurak shakli edi bu. Qiz judayam hayajonlanardi. - Balki yordamim kerakdir? G'alati ovoz, qiz 8 yil kutgan ovoz eshitildi. Ögirilganida qarshisida ösha rom qiluvchi tabassumi bilan yigit turardi... Yigitni Berlinda 3 yil davomida davolashgan, keyin 2 yilga yaqin nogironlik aravachasida yashagan, nihot keyin butunlay sog'ayib ketgandi. Ular ancha vaqt bir- birlariga termulib qoldilar. Qizning sakkiz yil oldingidek chiroyi yigitning ösha vaqtlardagidek jozibador tabassumiga qarshi turardi. Qiz shu yillar ichida ilk marta sevinganidan yig'lardi. Yigit qizga yaqin keldi. - Qachondir nimadandir siqilsang, kimnidir sog'insang, köz yoshlarni mana bunday sidirib tashla... Keyingi jumlani ular baravariga aytishdi: - CHUNKI HAYOT GÖZAL.