Sovchilar kelyapti uyimizga. - Nima? - Adam, boy oila ekan, sen ularga kelin bölasan deyapti. -Sen rozi böldingmi? - Yöq. Bu nima deganiz? Ustimdan kulyapsizmi? -Jonim, yig'lamasangchi, hazillashdimu. Böldi, bugunoq sovchilarni yuboraman. Qani endi bitta kulchi. Ha, ana shunday. Bilasanku, kulganingni körsam, men hamma narsaga qodirman. Kel quchog'imga. 15-may. - Adang sovchilani qaytaribdi. - Meni ösha tadbirkorning ög'liga erga berishmoqchi. Oldinroq yuborishiz kerak edi sovchilarizi. Men u bolaga sirayam tegmayman, bildizmi! Undan köra özimi öldiraman. - Bunaqa gaplani gapirma sevgilim. Sensiz men nima qilaman? Közlarimga qara! Menga ishonasanmi? Ishonsang, senga va'da beraman, hammasi yaxshi böladi. 30- may. - Allo, azizam seni xiyobonda kutyapman. Kel, senda muhim gapim bor. - Sönggi 15 kunda qayerlarga yöqolib ketdiz? Bilasizmi ertaga nima böladi? Ertaga ösha yigit bn ZAGSdan ötishimiz kerak. Menga hammasi yaxshi böladi deb va'da bergandiz. Yolg'on gapirgan ekansiz. - Vokzaldamisan, bunchalar shovqin? Asabiylashmagin, özi ösha yigitni kördingmi? -Endi buning ahamiyati yöq. -Axir ösha senga uylanishi kerak bölgan yigit... - Sizni sevaman... -...ösha yigit... (*Menman* demoqchiydi yigit. Aloqa uzilib qoldi. Qayta qilingan seriyali qöng'iroqlarning birida telefonni notanish bir kishi kötardi) - Allo! -Allo kim bu? Menga telefoni egasi keragidi. - Siz uning kimi bölasiz? - Men...men uning eriman. - Bardam böling uka, ayoliz hozirgina özini poyezd ostiga tashladi. - A...nima? ***Hech kimning tuyg'ulari bn öynashmang, hech qachon!