Agar siz aqlli inson bo'lsangiz, u holda: - Hech kim bilmaydigan javobni faqat siz bilasiz. - Javobni hamma bilsa-da, siz ulardan oldinroq aytasiz. - Qanday qaror to'g'riligini bilasiz va tashabbusni o'z qo'lingizga olishga tayyor bo'lasiz. - Muammoning echimini hayotiy tajribangiz orqali yaxshi bilasiz. - Javobni bilmasangiz ham uni qanday topishni bilasiz. - Javobning bir qisminigina bilasiz, lekin oldinga qadam tashlash uchun shuning o'zi ham etarli bo'ladi. - Odamlar sizga ishonishlari uchun qanday yo'l tutishni bilasiz. - Muammoni hal qilish uchun boshqalarni qanday qilib jalb etishni bilasiz. - Muammoning mazmunini boshqalarga qanday tushuntirishni bilasiz. - Muammoni echish uchun eng qulay vaqtni tanlay olasiz. - Muammo sizga va boshqalarga qanday ta'sir ko'rsatishini bilasiz. Aqlli inson nimalarni biladi? - Aqlli inson qachon so'zlab, qachon tinglash kerakligini biladi. - Aqlli inson agar nohaqligini anglasa, o'z fikrini o'zgartirishga qodir. - Aqlli inson o'z yo'lidan adashmaydi. - Aqlli inson qo'rquvni engishni biladi. - Aqlli inson har doim o'zidan ko'ra aqlliroq inson topilishi mumkinligini biladi. - Aqlli bo'lish – sog'lom fikrlash demakdir.