Bizni yomon deganlarni Gul bering qo'llariga. Bizni yomon deganlarni, Rayhon eking yo'llariga. Bizni yomon deganlarga Xaykal qo'ying ko'ngildan. Bizni yomon deganlarga, Baxtlar so'rang Tangrimdan. Bizni yomon deganlarni, Uzoq bo'lsin umrlari. Bizni yomon deganlarni, Nurga to'lsin qabrlari. Bizni yomon deganlarga Ayting sizlar farishtasiz. Bizni yomon deganlarga, Benuqsonsiz xar ishda siz. Bizni yomon deganlar Kimligimiz bilib qo'ysin. Bizni yomon deganlar, Oldin bizdek yashab ko'rsin...