Новое порно всегда на твоём телефоне или планшете. Горы бесплатных новинок порадуют самого искушенного пользователя

.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>Rejalashtirilmagan homiladorlik: saqlanish usullari</p>

Odamlar homiladorlikni yuz yil oldin ham, besh yuz yil oldin ham nazorat qilishga intilgan, ammo buning usullari ishonchsiz bo‘lgan va bu borada keng tanlov ham mavjud bo‘lmagan. Hozirda esa homiladorlikdan saqlanishning ko‘plab yo‘llari bor. Maqolada ularning ba’zilari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Oral kontratseptivlar Ular ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi — ikkita gormondan iborat kombinatsiyalangan yoki, masalan, emizikli ayollarga mos tushadigan mini-pili. Hapdorilar ehtiyotkorlikni talab etadi — ularni har kuni soat bo‘yicha ichish kerak, dori qabul qilishni bir marta o‘tkazib yuborsangiz, homilador bo‘lib qolish ehtimoli yuzaga keladi. Ammo bu kontratsepsiyada o‘ylab topilgan eng samarali usuldir: agar hapdorilarni to‘g‘ri qabul qilsangiz, ular 99 foizga himoya qiladi. Ba’zan bir yo‘la davolaydi ham. Gormonal ukollar va implantantlar Gormonal ukollar har uch oyda bir marta qilinadi, silikon kapsulalar esa bilak terisi ostiga ko‘pi bilan besh yilga kiritiladi — ta’sir qilish tamoyili hapdorilarniki bilan deyarli bir xil. Agar ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kabi nojo‘ya ta’sirlari bezovta qilsa, implantantlarni olib tashlash mumkin, ukolga kelsak, uning ta’siri yo‘qolmaguncha kutishga to‘g‘ri keladi. Bachadon ichiga qo‘yiladigan spiral Bachadonga kiritiladi va u yerda olti yilgacha qolishi mumkin. Bunday spiral faqat tuqqan ayollarga qo‘yiladi va ular ehtimoliy muammolar haqida ogohlantiriladi, bular shamollashdan tortib bachadondan tashqaridagi homiladorlikkachadir. Plastir Bu ham gormonal vosita, ammo tashqi tomondan qo‘llaniladi — shunchaki teriga (dumba yoki qorin pastiga) yopishtiriladi. Bu kontratseptivlar ichida eng yangisidir. Qalpoqcha va diafragmalar Bu to‘siqli kontratsepsiya — sperma shunchaki bachadonga tushmaydi. Albatta bunda “to‘siq”ni qinga to‘g‘ri joylay bilish kerak, bu esa mahorat talab qiladi. Krem, shamcha va tabletkalar Kimyoviy kontratseptivlar mahalliy qo‘llaniladi — qinga tushib, ular spermatozoidlarni parchalaydi. Ikki soat davomida ta’sir qiladi va takror foydalanishni talab qiladi. Sovunga chidamsiz. Sterilizatsiya (bichish) Eng radikal variant: ayollarda bachadon naychalari, erkaklarda sperma yo‘li tang‘ib yoki kesib tashlanadi. Sterilizatsiya potensiya yoki jinsiy maylga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu usul bola tug‘ish mavzusini butunlay yopishga qaror qilganlar uchundir — taxminan 3—4 farzandi bo‘lgan er-xotinlar orasida bu usul juda ommabop. Mutaxassislar ta’kidlashicha, o‘z sog‘lig‘ingizga jiddiy munosabatda bo‘lsangiz, u holdaprezervativ — hech qanday xavotirlarsiz tayinlanishi mumkin bo‘lgan yagona kontratseptivdir. Saqlanishning qolgan usullarini shifokor bilan muhokama qilgan ma’qul, chunki ularning har birida salbiy jihatlar mavjud. Eng ko‘p salbiy ta’sir oral kontratseptivlardadir: ularni, masalan, qonning quyulishi buzilganda, qandli diabetda, jigar kasalliklarida, tomirlar bilan bog‘liq muammolarda qabul qilish mumkin emas. Hapdorilar turi ko‘p, ammo ular universal emas — ma’lum bir ayolga qaynan qanday dori to‘g‘ri kelishi amalda tekshirib ko‘riladi. Hapdorilar orqali uzoq vaqt saqlanish mumkin emas, degan gap noto‘g‘ri, biroq uni allaqachon ichayotganlar baribir ginekolog huzuriga kamida yarim yilda bir marta borib turishi kerak. Kremlar va qinga kiritiladigan tabletkalar homiladorlarga va jinsiy a’zolari shamollaganlarga mumkin emas. Kimyoviy kontratseptivlar nafaqat begona, balki tabiiy mikroflorani ham o‘ldirishi mumkin — ular infeksiya qayerda-yu, “o‘z” bakteriyalari qayerdaligini ajrata olmaydi. Shuningdek, ularni va to‘siqli vositalarni (qalpoqchalar va diafragmalar) prezervativ bilan birga qo‘llagan ma’qul — spermitsidlarning o‘zi siz istagandek ishonchli tarzda saqlay olmaydi. Bachadon ichiga kiritiladigan spiral, gormonal implantantlar va inyeksiyalarni faqat shifokorgina kiritishi mumkin. Bu usullar yoshi kattaroq ayollar uchun bo‘lib, yosh va tug‘maganlarga to‘g‘ri kelmaydi.

На главную
0 / 104© XIKOYA.RU